HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHDA TIJORAT BANKLARI VA INVESTITSIYA KOMPANIYALARI TOMONIDAN MOLIYALASHTIRILAYOTGAN INVESTITSIYA LOYIHALARINING AHAMIYATI (UZMILLIYBANK AJ MISOLIDA)
Keywords:
hududiy rivojlanish, investitsiya loyihalari, tijorat banklari, investitsiya kompaniyalari, moliyalashtirish mexanizmlari, O‘zmilliybank AJ, iqtisodiy o‘sish, infratuzilma, eksport salohiyati, yangi ish o‘rinlari.Abstract
Mazkur maqolada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tijorat banklari va investitsiya kompaniyalari tomonidan moliyalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, O‘zmilliybank AJ faoliyati misolida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari, ularning hududiy infratuzilma, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar va investitsiyalar orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish hamda hududlar iqtisodiy barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tijorat banklari va investitsiya kompaniyalari faoliyati hududlarning kompleks rivojlanishida muhim moliyaviy omil sifatida xizmat qilishi asoslab beriladi.