MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O‘RNINI QO‘LLASHNING METODIK ASOSLARI
Keywords:
maktabgacha ta’lim, axloqiy tarbiya, xalq og‘zaki ijodi, ertaklar, maqollar, pedagogik metodlar, ma’naviy tarbiya.Abstract
maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tarbiyani shakllantirish jarayonida xalq og‘zaki ijodining pedagogik imkoniyatlari va metodik asoslari tahlil qilinadi. Xalq ertaklari, maqollar, topishmoqlar, rivoyatlar va boshqa og‘zaki ijod namunalarining bolalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim jarayonida ushbu manbalardan samarali foydalanishning metodik yo‘llari, pedagogik shart-sharoitlari hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalq og‘zaki ijodi bolalarda ezgulik, halollik, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirishda muhim pedagogik vosita sifatida namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.
Downloads
Published
2026-04-07
Issue
Section
Articles