OTA-ONA VA TARBIYACHILAR HAMKORLIGINING MAZMUNI, TASHKILIY SHAKLLARI VA MEXANIZMLARI

Authors

  • Shermatova Ziyoda Baxtiyarovna Author
  • Imomova Nilufar Zabixullayevna Author

Keywords:

oila, ta`lim-tarbiya, tarbiyachi, ota-ona hamkorligi, pedagogik jarayon, maktabgacha ta`lim, pedagogik madaniyat, hamkorlik mexanizmlari.

Abstract

Mazkur maqolada ta`lim-tarbiya jarayonida ota-ona va tarbiyachilar hamkorligining ahamiyati, uning mazmuni, tashkiliy shakllari hamda samarali mexanizmlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Bolaning har tomonlama barkamol bo`lib shakllanishida oila va ta`lim muassasasi o`rtasidagi hamkorlik muhim omillardan biri hisoblanadi. Maqolada ota-onalar bilan ishlashning an`anaviy va zamonaviy shakllari, pedagogik maslahatlar, ota-onalar yig`ilishlari, seminar-treninglar, individual suhbatlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali olib boriladigan hamkorlik usullari yoritilgan. Shuningdek, tarbiyachilar va ota-onalar o`rtasida samarali muloqotni yo`lga qo`yish, pedagogik madaniyatni oshirish va bolalar tarbiyasida yagona yondashuvni shakllantirishning muhim jihatlari ko`rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko`ra, ota-ona va tarbiyachilar o`rtasidagi uzviy hamkorlik bolalarning ijtimoiy, axloqiy va intellektual rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Author Biographies

  • Shermatova Ziyoda Baxtiyarovna

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

    Maktabgacha ta`lim nazariyasi va usullari fakulteti

    magistratura yo`nalishi 1 – bosqich talabasi

    Tel: +998909378608

  • Imomova Nilufar Zabixullayevna

    Ilmiy rahbar

Published

2026-04-07