“BOLA NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM O’RTASIDAGI O’ZARO MUNOSABATLAR”
Keywords:
Bola nutqi, nutqiy rivojlanish, maktabgacha ta’lim, oila, pedagogik hamkorlik, ota-ona ishtiroki, tarbiyachi, muloqot, nutqiy faoliyat, kommunikatsiya, ota-ona pedagogik madaniyati, innovatsion metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.Abstract
Mazkur ish bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonida oila va maktabgacha ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning dolzarb ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Nutq bolalarning tafakkuri, hissiy dunyosi, ijtimoiy va madaniy rivojlanishining ajralmas qismi sifatida qaraladi. Shu sababli bola nutqini shakllantirish jarayonida oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi pedagogik hamkorlikning samarali tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.
Ishda maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy rivojlanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Nutqiy rivojlanish jarayoni fonetik, leksik va grammatik jihatlarni qamrab oladi, va bu jarayonda oila va tarbiyachilar tomonidan yaratilgan nutqiy muhit bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onaning bolaga bo‘lgan e’tibori, muloqot sifati va faol ishtiroki bolalarning lug‘at boyligini oshirish, to‘g‘ri talaffuzni shakllantirish va bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.