BO’LAJAK TARBIYACHILARNING MANAVIY AXLOQIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Ma’naviy-axloqiy tarbiya, bo‘lajak tarbiyachi, kasbiy axloq, shaxsiy fazilatlar, etika, professional mas’uliyat, pedagogik faoliyat, axloqiy qadriyatlar, tarbiyaviy metodlar, mentorlik, amaliy mashg‘ulotlar, kasbiy ma’naviyat,Abstract
Mazkur ish bo‘lajak tarbiyachilarning ma’naviy-axloqiy faoliyatini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan. Ma’naviy-axloqiy tarbiya tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, pedagogik faoliyat sifatini va kelajakdagi ish samaradorligini belgilovchi muhim omil sifatida qaraladi. Ishda bo‘lajak tarbiyachilarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, etika va professional mas’uliyatni rivojlantirish, shuningdek, pedagogik muhitda o‘zini to‘g‘ri tutish va etakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Ishda ma’naviy-axloqiy rivojlanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan, tarbiyachilarda halollik, fidoyilik, sabr-toqat va mehr-muhabbat kabi axloqiy fazilatlarni rivojlantirish metodlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ma’naviy-axloqiy malakasini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar, mentorlik va pedagogik nazoratning ahamiyati ta’kidlangan.