O‘ZBEKISTONDA ILM FANNI RIVOJLANTIRISHDAGI ISLOHOTLAR
Keywords:
ilm-fan, islohot, innovatsiya, ilmiy kadrlar, ilmiy markaz, zamonaviy texnologiya, xalqaro hamkorlik, yosh olimlar, ilmiy grant, ma’rifat, zamonaviy ta’lim, iqtisodiy taraqqiyotAbstract
O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish har doim dolzarb masalalardan sanalgan. Mustaqillik yillaridan boshlab mamlakatimizda mazkur sohani isloh qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, zamonaviy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fanning taraqqiyoti davlat rivojiga, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishiga, xalq farovonligining oshishiga beqiyos hissa qo‘shishi barchaga ayondir. Shu sababdan ham ilm-fan sohasini zamonaviy asoslarda yangilash, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ilmiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash masalalari davlat dasturlarida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan