O‘SMIR QIZLARDA HAYZ SIKLI BUZILISHINING KLINIK-XAVF OMILLARI, KECHISH XUSUSIYATLARI VA PROFILAKTIK YONDASHUVLARI

Authors

  • Yuldasheva Shaxnozaxon Ibroximjon qizi Author

Keywords:

o‘smir qizlar, hayz sikli buzilishi, oligomenoreya, amenoreya, disfunksional bachadon qon ketishi, kamqonlik, temir tanqisligi, profilaktika

Abstract

Ushbu maqolada o‘smir qizlarda hayz sikli buzilishining klinik kechish xususiyatlari, shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari hamda ularni oldini olishning samarali yo‘nalishlari yoritilgan. O‘smirlik davrida reproduktiv tizimning funksional shakllanishi davom etishi sababli hayz siklidagi o‘zgarishlar ko‘pincha fiziologik va patologik holatlar chegarasida namoyon bo‘ladi. Shu bois hayz sikli buzilishlarini erta aniqlash, ularning sabablarini tizimli tahlil qilish va profilaktik choralarni to‘g‘ri rejalashtirish o‘smir qizlar salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolada Andijon viloyati sharoitida olib borilgan kuzatuv materiallari asosida hayz sikli buzilishining klinik ko‘rinishlari, turmush tarzi va somatik holat bilan bog‘liq omillar, shuningdek, tibbiy-ma’rifiy va profilaktik yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari o‘smir qizlarda hayz sikli buzilishining oldini olishda individual yondashuv, hayz kalendarini yuritish, ratsional ovqatlanish, psixoemotsional holatni me’yorlashtirish va muntazam tibbiy kuzatuvning ustuvor ahamiyatini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Yuldasheva Shaxnozaxon Ibroximjon qizi

    Andijon davlat tibbiyot instituti

    Akusherlik va ginekologiya 1-kurs magistratura talabasi

Published

2026-04-08