MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY PEDAGOGIK QARASHLARINING BOSHLANGʻICH TA’LIM RIVOJIDAGI OʻRNI

Authors

  • Mirzoyeva Nigora Shavkatjonovna Author
  • Xursandova Rayxona Zokirbek qizi Author

Keywords:

Mahmudxo‘ja Behbudiy, boshlang‘ich ta’lim, jadidchilik, usuli savtiya, pedagogik integratsiya, darslik metodikasi, ko‘p tilli ta’lim.

Abstract

Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yetakchi namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning boshlang‘ich ta’limni isloh qilish borasidagi pedagogik qarashlari tahlil qilinadi. Muallifning darslik yaratish faoliyati, boshlang‘ich sinflarda dunyoviy va diniy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning kognitiv dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan g‘oyalari yoritiladi. Shuningdek, Behbudiyning ko‘p tilli ta’lim konsepsiyasi zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot tarixiy-taqqoslash va matn tahlili metodlari asosida olib borildi. Tadqiqot natijalari Behbudiy tomonidan ilgari surilgan boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi bugungi fanlararo integratsiya va ko‘p tilli ta’lim modellarining nazariy ildizlarini tashkil etishini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Mirzoyeva Nigora Shavkatjonovna

    SamDPI o‘qituvchisi

  • Xursandova Rayxona Zokirbek qizi

    SamDPI 1-kurs talabasi

Published

2026-04-08