ABDULLA ORIPOV IJODINING XORIJIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI: ASOSIY ILMIY YONDASHUVLAR

Authors

  • Shorustamova Gulchexra Author

Keywords:

Abdulla Oripov, o‘zbek adabiyoti, xorijiy adabiyotshunoslik, she’riyat, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjima

Abstract

Maqolada o‘zbek shoiri Abdulla Oripov ijodining xorijiy adabiyotshunoslikda o‘rganilishining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘z borib, muallif she’riyati talqinida xorij tadqiqotchilari tomonidan qo‘llangan ilmiy yondashuvlar, jumladan, tarixiy-adabiy, qiyosiy-tipologik, madaniyatshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishlari tahlilga tortilgan. Shoir asarlarining xorijiy tillarga tarjimalarining o‘rni va ularning o‘zbek adabiyotini jahon madaniy makonida ommalashtirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Abdulla Oripov ijodi xorijiy tadqiqotchilar tomonidan O‘zbekiston milliy adabiyotining muhim hodisasi va ayni paytda jahon she’riy an’anasining bir qismi sifatida baholanishi e’tirof etilgan.

Author Biography

  • Shorustamova Gulchexra

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

    “Maxsus pedagogika” yo’nalishi

    1-bosqich talabasi

    e-mail: sharustamovagulchehra@gmail.com

Published

2026-04-08