TERGOV SUDYASINING VAKOLATLARI: MILLIY QONUNCHILIK VA XALQARO STANDARTLAR TAHLILI

Authors

  • Jo’raqulov Doniyor Davlatovich Author

Keywords:

Jinoyat protsessi, tergov sudyasi, isbot qilish, tergov, sud muhokamasi, oqlov hukmi, protsessual qonuniylik, inson huquqlari, sud nazorati , adolat prinsipi, protsessual kafolatlar.

Abstract

Mazkur maqolada tergov sudyasining vakolatlari milliy qonunchilik hamda xalqaro standartlar nuqtai nazaridan kompleks tahlil qilinadi. Unda tergov sudyasining jinoyat protsessidagi o‘rni, uning protsessual vakolatlari va sud nazoratini amalga oshirishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, milliy huquqiy normalar xalqaro huquq tamoyillari, xususan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan standartlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada tergov sudyasi vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlaridagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari jinoyat protsessida sud nazoratini kuchaytirish hamda tergov sudyasi institutini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Author Biography

Published

2026-04-08