AHOLI REAL DAROMADLARI VA ISTE’MOL XARAJATLARI (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)
Keywords:
real daromadlar, isteʼmol xarajatlari, aholi farovonligi, daromad–isteʼmol bog‘liqligi, inflyatsiya, isteʼmol tarkibi, chegaraviy isteʼmol moyilligi, hududiy iqtisodiyot, ichki talab, Andijon viloyati iqtisodiyoti.Abstract
Mazkur empirik tadqiqotda aholi real daromadlari va isteʼmol xarajatlari o‘rtasidagi iqtisodiy bog‘liqlik hududiy kesimda, xususan Andijon viloyati misolida tahlil qilinadi. Ishning dolzarbligi real daromadlar dinamikasi hamda isteʼmol xulq-atvori o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni aniqlash orqali hududiy iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini chuqurroq anglash zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi viloyat aholisi real daromadlari va isteʼmol xarajatlari o‘zgarish tendensiyalarini statistik ma’lumotlar asosida baholash hamda ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot 2021–2025-yillar ma’lumotlari asosida empirik, qiyosiy va dinamik tahlil usullaridan foydalangan holda amalga oshirildi. Natijalar real daromadlar o‘sishi isteʼmol hajmining kengayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, biroq inflyatsiya omilining daromadlarning real xarid qobiliyatini cheklashi natijasida isteʼmol tarkibida zaruriy tovarlar ulushi yuqori darajada saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunlari hududiy iqtisodiy siyosatni takomillashtirish, aholi farovonligini oshirish hamda ichki isteʼmol bozorining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.