ROSSIYA FEDERATSIYASINING ELEKTRON SUD TIZIMI

Authors

  • Baxromova Muxlisa Shuxrat qizi Author

Keywords:

Elektron adliya, moy arbitr, GAS provosudie, raqamli sudya, veb-konferensiya, elektron mediatsiya, aqlli konstruktor

Abstract

Ushbu maqolada XXI asr boshidan buyon  xorijiy davlatlar, xususan Rossiya davlatining  huquqiy tizimiga jadal kirib kelayotgan “elektron adliya”, “raqamli sud” va “elektron mediatsiya” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda Rossiyaning "Moy Arbitr" va "GAS Pravosudie" platformalarining ishlash prinsiplari, ularning fuqarolar va tadbirkorlar uchun yaratgan qulayliklari hamda huquqiy tartibga solish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, V.V. Yarkov, M.A. Fedotov va T.N. Neshatayeva kabi taniqli huquqshunos olimlarning raqamli adliya borasidagi qarashlari bayon etilgan. Maqolaning yakuniy qismida Rossiya tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston sud tizimiga shaxsiy gadjetlar orqali masofaviy ishtirok etish, “aqlli konstruktor” va yagona elektron xabardor qilish tizimlarini joriy etish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

Author Biography

  • Baxromova Muxlisa Shuxrat qizi

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    Ommaviy axborot vositalari huquqi yo‘nalishi 1-kurs magistranti

Published

2026-04-08