GPS DATCHIKLARIDAN FOYDALANIB TO’G’ONNING DEFORMATSIYASINI ANIQLASH
Keywords:
GPS, deformatsiya , to’g’on, monitoring, barqarorlik, geodeziya, inklinometr ,modellar, xavf -xatar, texnologiya.Abstract
Ushbu maqolada GPS texnologiyalaridan foydalanib, to‘g‘onlarning deformatsiyasini aniqlash usuli tahlil qilingan. To‘g‘onlarning barqarorligini monitoring qilish va deformatsiyalarni o‘z vaqtida aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki ularning buzilishi katta miqyosdagi falokatlarga olib kelishi mumkin. An’anaviy deformatsiyani o‘lchash usullari vaqt va resurs talab qiladi, shu sababli GPS texnologiyalari samarali va tezkor usul sifatida taklif etilgan. Maqolada GPS datchiklarining o‘rnatilishi, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash usullari, deformatsiyalarni hisoblash va deformatsiya modellarini yaratish jarayoni batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijasida GPS texnologiyalari to‘g‘onlar deformatsiyasini yuqori aniqlikda va uzluksiz ravishda o‘lchash imkonini berishi, bu esa to‘g‘onning texnik holatini real vaqt rejimida baholash va xavf-xatarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini berishi ko‘rsatilgan.