AXBOROTLASHGAN JAMIYAT SHAROITIDA TIBBIY KLASTERNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Keywords:
tibbiy klaster, axborotlashgan jamiyat, raqamli texnologiyalar, telemeditsina, sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash tizimi, innovatsiyalar, boshqaruv samaradorligi, raqamli platformalar, tibbiy xizmatlar sifatiAbstract
Axborotlashgan jamiyat sharoitida tibbiy klasterni rivojlantirish zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada tibbiy klaster tushunchasi, uning tarkibiy elementlari hamda axborot texnologiyalari asosida samarali boshqaruv mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida tibbiy klasterlarning iqtisodiy samaradorligi va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni o‘rganiladi. Axborotlashgan muhitda raqamli platformalar, telemeditsina va sun’iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda tibbiy klasterlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.