TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHDA MANFAATLAR TO‘QNASHUVI: HUQUQIY TAHLIL EKOLOGIK HUQUQDA MANFAATLAR TO‘QNASHUVINI HAL ETISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI
Keywords:
tabiiy resurslar, manfaatlar to‘qnashuvi, huquqiy tahlil, ekologik huquq, atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan oqilona foydalanish, davlat nazorati, ekologik barqarorlik, ekologik xavfsizlik, huquqiy tartibga solish, tabiiy resurslarni boshqarish, ijtimoiy manfaatlar.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi masalalari huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Unda davlat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi manfaatlari, ularning o‘zaro uyg‘unligi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar yoritilgan. Shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga doir konstitutsiyaviy, fuqarolik-huquqiy va ekologik normalar ko‘rib chiqilgan. Maqolada manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari, davlat nazorati va tartibga solish tizimining ahamiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganilib, ularni O‘zbekiston qonunchilik amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari ham yoritilgan. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy manfaatlar muvozanatini saqlash maqolaning asosiy g‘oyasini tashkil etadi.