HOMILADORLIK DAVRIDA GADJETLARDAN FOYDALANISHNING CHAQALOQ RIVOJLANISHIGA TA’SIRI VA PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLAR
Keywords:
homiladorlik, gadjetlar, bolalar rivojlanishi, psixologik ta’sir, profilaktika, pediatriya.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada homiladorlik davrida gadjetlardan (smartfon, planshet, kompyuter va televizor) foydalanishning chaqaloq rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot pedagogik va pediatrik kuzatuvlar, shuningdek, zamonaviy ilmiy maqolalar natijalariga asoslangan. Homilador ayollarda gadjetlardan ortiqcha foydalanish markaziy asab tizimi faoliyatining o‘zgarishi, stress darajasining oshishi, uyqu buzilishi va psixofiziologik stressga olib kelishi mumkinligi aniqlangan. Ushbu holatlar chaqaloq tug‘ilgandan keyin kognitiv rivojlanish, diqqat va xotira jarayonlari hamda emotsional barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada profilaktik choralar, homiladorlik davrida sog‘lom raqamli muhitni shakllantirish va gadjetlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.