RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA O‘QUV MOTIVATSIYASI VA INTELLEKTUAL RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR
Keywords:
Raqamli ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, intellektual rivojlanish, psixologik xususiyatlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kognitiv jarayonlar, mustaqil ta’lim, innovatsion ta’lim, interaktiv metodlar, ta’lim samaradorligi.Abstract
Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida o‘quv motivatsiyasi hamda talabalarning intellektual rivojlanishining psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi natijasida talabalarning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishi, mustaqil fikrlash qobiliyati va ijodiy yondashuvi sezilarli darajada rivojlanishi yoritib berilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitida motivatsiya shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, talabalarning kognitiv jarayonlari – diqqat, xotira, tafakkur hamda muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish va intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.