EKOLOGIK MONITORINGNING ZAMONAVIY HOLATI VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
Ekologik monitoring, atrof-muhit, ifloslanish, zamonaviy texnologiyalar, laboratoriya, hamkorlik, ekologik xavfsizlik, resurslar boshqaruvi, sun’iy yo‘ldosh, raqamli monitoring, tabiat muhofazasi, O‘zbekiston, iqlim o‘zgarishi, ekologik ma’lumot, barqaror taraqqiyot, ilmiy tahlil.Abstract
So‘nggi o‘n yilliklarda ekologik muammolar insoniyat jamiyatining eng dolzarb va tashvishli masalalaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi ham ekologik xavfsizlik, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiiy tizimlarni saqlash sohasida keng ko‘lamli islohotlarni olib bormoqda. Global miqyosda bir qator salbiy omillar, jumladan, sanoat rivoji, transport vositalari sonining ortishi, aholi sonining o‘sishi hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar atrof-muhitga bosim o‘tkazib, ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘layotir. Shu sababli, ekologik monitoringning samarali tashkil etilishi bugungi kunning muhim talablaridan biridir. Ekologik monitoring — bu atrof-muhitning holatiga doir tizimli, muntazam va uzoq muddatli kuzatuvlar, olingan natijalarni tahlil qilish va baholashdan iborat faoliyatdir. U ekotizimlarning holati, ifloslanish darajasi hamda inson faoliyati natijasida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni aniqlash, bashorat qilish va oldini olish imkonini beradi. Ekologik monitoring yordamida davlat va jamoat tashkilotlari atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish, tabiat resurslaridan foydalanish madaniyatini oshirish, ekologik muhofazali hududlarni kengaytirish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqadilar. Ushbu maqolada O‘zbekistonda ekologik monitoringning zamonaviy holati, mavjud muammolar va bu sohaning rivojlantirish istiqbollari haqida keng yoritiladi.