O‘ZBEKISTONNING XALQARO MEHNAT TAQSIMOTIDAGI O‘RNI VA ROLINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Turayev Abduvoxid Kuldashevich Author
  • Qahharova Barchinoy Author
  • Fayzullayeva Guljamol Author

Keywords:

xalqaro mehnat taqsimoti, tashqi savdo, eksport diversifikatsiyasi, investitsiya, global qiymat zanjiri, xizmatlar eksporti, JST, logistika, inson kapitali, O‘zbekiston iqtisodiyoti.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotidagi amaldagi o‘rni, uning tashqi savdo, investitsiya, xizmatlar eksporti va mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari ilmiy-uslubiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mamlakatning global va mintaqaviy iqtisodiy tizimga integratsiyalashuv darajasini baholash hamda ushbu integratsiyani chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston xalqaro mehnat taqsimotida xomashyo, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati, transport-tranzit, xizmatlar va mehnat resurslari eksporti orqali qatnashmoqda. Biroq mamlakatning yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar, texnologik tarmoqlar va global qiymat zanjirlaridagi ulushini oshirish zarurati saqlanib qolmoqda. Maqolada eksportni diversifikatsiya qilish, JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish, inson kapitali va innovatsion salohiyatni kuchaytirish, shuningdek, investitsiyalar samaradorligini oshirish O‘zbekiston rolini sezilarli kuchaytiruvchi omillar sifatida asoslanadi.

Author Biographies

  • Turayev Abduvoxid Kuldashevich

    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    Raqamli iqtisodiyot kafedrasi assistenti

    abduvoxidturayev70@gmail.com

  • Qahharova Barchinoy

    XIM – 123 guruh talabasi

  • Fayzullayeva Guljamol

    XIM – 123 guruh talabasi

Published

2026-04-09