XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA ARGO VA JARGONLARNING XUSUSIYATLARI
Keywords:
lingvokultural ifoda, yoshlar tili, norasmiy leksika, guruh identifikatsiyasi, metaforik birliklar, kommunikativ funksiyalar, stilistik xususiyat, professional jargon.Abstract
Ushbu maqolada Xitoy va O‘zbek tillarida argo va jargonlarning lingvistik va sotsiokultural xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot argo va jargon birliklarining morfologik, sintaktik va leksik jihatlari, shuningdek, ularning yoshlar va professional guruhlar o‘rtasidagi kommunikatsiyadagi roli tahlil qilinadi. Xitoy tilida sleng va argo tez-tez ijtimoiy tarmoqlar va kundalik suhbatlarda paydo bo‘lib, guruh ichidagi identifikatsiya vositasi sifatida ishlatiladi. O‘zbek tilida esa argo va jargon yoshlar tili va kasbiy sohalarda norasmiy muloqotda qo‘llanilib, emotsional va stilistik funktsiyalarni bajaradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, argo va jargon tilning norasmiy qatlamini boyitadi, madaniy va ijtimoiy kontekstni aks ettiradi hamda til o‘zgarishlarining dinamikasini tushunishga yordam beradi.