XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA ARGO VA JARGONLARNING QO‘LLANILISHI

Authors

  • JALILOVA HILOLA JO‘RABEK QIZI Author

Keywords:

argo, jargon, kommunikatsiya, ijtimoiy guruh, lingvokultura, norasmiy til, professional leksika, yoshlar tili.

Abstract

Ushbu maqolada Xitoy va O‘zbek tillarida argo va jargonlarning qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida argo va jargonning ijtimoiy, madaniy va kommunikativ funktsiyalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ularning yoshlar, ijtimoiy guruhlar va professional sohalarda qanday ishlatilishi, tilning rasmiy va norasmiy kontekstlarda qanday farqlanishi o‘rganildi. Maqolada lingvokultural va sotsiolingvistik jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ikki tilning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zaro ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari tilshunoslar va madaniyatshunoslar uchun argo va jargon so‘z birikmalarining funktsional va kommunikativ ahamiyatini tushunishga yordam beradi.

Author Biography

  • JALILOVA HILOLA JO‘RABEK QIZI

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

    Lingvistika (xitoy tili) – magistratura

Published

2026-04-10