ATROF-MUHITNING TEXNOGEN IFLOSLANISHI SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNI BOSHQARISH JIHATLARI
Keywords:
atrof-muhit, texnogen ifloslanish, yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, profilaktika, ekologik omillar, sanitariya-gigiyena nazorati, epidemiologik monitoring, aholi salomatligi.Abstract
Atrof-muhitning texnogen ifloslanishi zamonaviy jamiyatda aholi salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalari, transport vositalari, energetika ob’yektlari va sanoat chiqindilari natijasida havo, suv va tuproqning ifloslanishi inson organizmining immunologik barqarorligini pasaytiradi hamda yuqumli kasalliklarning tarqalishiga qulay sharoit yaratadi. Mazkur maqolada atrof-muhitning texnogen ifloslanishi sharoitida yuqumli kasalliklarning epidemiologik xususiyatlari, ularning tarqalish mexanizmlari va xavf omillari tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik omillarni inobatga olgan holda yuqumli kasalliklarni boshqarish, profilaktika chora-tadbirlarini takomillashtirish, sanitariya-gigiyena nazoratini kuchaytirish va epidemiologik monitoringni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari texnogen omillar ta’sirida infeksion kasalliklar xavfini kamaytirish uchun kompleks profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi.