LISONIY HAMJAMIYATNING MULOQOT VOSITALARI. ADABIY TIL. DIALEKT. SOTSIOLEKT. ARGO VA JARGON. JONLI SO‘ZLASHUV TILI
Keywords:
Lisoniy hamjamiyat, muloqot vositalari, til va nutq, adabiy til, dialekt, sheva, sotsiolekt, argo, jargon, jonli so‘zlashuv tili, og‘zaki nutq, yozma nutq, til me’yorlari, ijtimoiy guruhlar, hududiy farqlanish.Abstract
Ushbu ishda lisoniy hamjamiyatning muloqot vositalari hamda tilning turli shakllari adabiy til, dialekt, sotsiolekt, argo, jargon va jonli so‘zlashuv tili masalalari yoritilgan. Unda tilning jamiyatdagi o‘rni, uning ijtimoiy va hududiy ko‘rinishlari, shuningdek, turli ijtimoiy guruhlar nutqida yuzaga keladigan o‘ziga xos xususiyatlar tahlil qilingan. Adabiy tilning me’yoriyligi va umumxalq uchun tushunarli vosita ekanligi, dialektlarning hududiy farqlari, sotsiolektlarning ijtimoiy qatlamlarga bog‘liqligi misollar asosida ochib berilgan. Shuningdek, argo va jargonlarning norasmiy nutqdagi o‘rni hamda jonli so‘zlashuv tilining kundalik hayotdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur ish tilshunoslikda til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.