LISONIY HAMJAMIYATNING MULOQOT VOSITALARI. ADABIY TIL. DIALEKT. SOTSIOLEKT. ARGO VA JARGON. JONLI SO‘ZLASHUV TILI
Keywords:
lisoniy hamjamiyat, adabiy til, dialekt, sotsiolekt, argo, jargon, sleng, koine til, jonli so‘zlashuv tili, lingvistik va sotsiollingvistik xususiyatlar.Abstract
Ushbu maqola o‘zbek adabiy tilining milliy tilning boshqa shakllaridan (dialektlar, sotsiolektlar, jargon va argolar) farqli o‘ziga xos xususiyatlarini sotsiolingvistik yondashuv asosida tahlil qiladi. Maqolada F. P. Filin tomonidan belgilangan adabiy tilning yettita asosiy belgisi, uning birlashtiruvchi, chegaralovchi va nufuzli vazifalari, shuningdek, akademik V. V. Vinogradovning ta’rifi keltirilgan. Adabiy tilning kodlashgan va yarim funksional tarmoq sifatidagi xususiyatlari, funksional uslublari hamda ijtimoiy nufuzliligi ko‘rib chiqilgan.
Tarixiy va ijtimoiy sabablarga ko‘ra shakllangan hududiy va ijtimoiy dialektlarning xususiyatlari, Belikov va Krisinning dialektlarni farqlovchi belgilari, sotsiolekt, jargon va argo tushunchalari o‘rtasidagi farqlar (yashirinlik darajasi bo‘yicha) batafsil yoritilgan. Yoshlar slengi va kasbiy jargonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zbek tilida ularning misollari keltirilgan. O‘zbek tili leksikasining umumiste’mol va chegaralangan qatlamlari (dialektal, terminologik, jargon va argolar) tahlil qilingan.