LISONIY HAMJAMIYATNING MULOQOT VOSITALARI. ADABIY TIL. DIALEKT. SOTSIOLEKT. ARGO VA JARGON. JONLI SO‘ZLASHUV TILI
Keywords:
lisoniy hamjamiyat, adabiy til, dialekt, sotsiolekt, argo, jargon, sleng, koine til, jonli so‘zlashuv tili, lingvistik va sotsiollingvistik xususiyatlar.Abstract
Ushbu maqola lisoniy hamjamiyatning asosiy muloqot vositalari — adabiy til, dialekt, sotsiolekt, argo, jargon va jonli so‘zlashuvni sotsiolingvistika nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Lisoniy hamjamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan insonlar majmuyi sifatida ko‘rib chiqilib, unda tilning birlashtiruvchi, chegaralovchi va nufuzli vazifalari yoritiladi. Adabiy tilning kodlashgan, polifunksional va ijtimoiy nufuzli xususiyatlari, dialektning hududiy va ijtimoiy variantlari, jargon, argo va slengning ijtimoiy guruhlar bilan bog‘liq alohidaligi, shuningdek, jonli so‘zlashuvning norasmiy va dinamik tabiati batafsil ochib berilgan. Maqola tilning ijtimoiy variativligini va zamonaviy jamiyatdagi rolini ko‘rsatadi. Asosiy manba sifatida Sh. Usmanova, N. Bekmuxamedova va G. Iskandarovaning “Sotsiolingvistika” darsligi ishlatilgan.