HAYVONOT DUNYOSIDA BO’LADIGAN TA’SIRLARNI BAHOLASH

Authors

  • Aslonova Muhabbat Qobil qizi Author
  • Adizova .N. Z Author
  • Aslonova .M.Q Author

Keywords:

Hayvonot dunyosi, biologik xilma-xillik, ekotizim, ekologik muvozanat, antropogen ta’sir, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit ifloslanishi, yashash muhiti (habitat), oziq zanjiri, ekologik monitoring, barqaror rivojlanish. tabiatni muhofaza qilish, noyob va yo‘qolib borayotgan turlar, qizil ro‘yxat, ekologik xavfsizlik.

Abstract

Hayvonot dunyosiga inson faoliyati va tabiiy omillar natijasida yuzaga keladigan ta’sirlar tahlil qilinadi. Xususan, sanoatlashtirish, qishloq xo‘jaligi faoliyati, urbanizatsiya, iqlim o‘zgarishi hamda atrof-muhitning ifloslanishi natijasida hayvon turlarining kamayishi, yashash muhitining buzilishi va biologik xilma-xillikning qisqarishi masalalari yoritiladi. Tadqiqot davomida ekologik monitoring, statistik ma’lumotlar va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanib, hayvonot dunyosiga salbiy va ijobiy ta’sirlar baholanadi. Shuningdek, hayvonlarni muhofaza qilish, tabiiy hududlarni saqlash va barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Mazkur mavzu bugungi kunda global ekologik muammolar, jumladan, bioxilma-xillikni saqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi.

Author Biographies

  • Aslonova Muhabbat Qobil qizi

    “ Buxoro davlat texnika universiteti “

    Sanoat ekologiyasi va gidrologiya kafedrasi o‘qituvchisi

  • Adizova .N. Z

    Ilmiy rahbari

  • Aslonova .M.Q

    Buxoro davlat texnika universitrti talabasi

Published

2026-04-10