TA’LIM MUASSASALARIDA AN’ANAVIY USTOZ-SHOGIRD TIZIMI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR INTEGRATSIYASI
Keywords:
ustoz-shogird tizimi, an’anaviy ta’lim, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, integratsiya, innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, ta’lim samaradorligi, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik mahorat, o‘quv jarayoni, kasbiy rivojlanish.Abstract
Mazkur ishda ta’lim muassasalarida an’anaviy ustoz-shogird tizimi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning o‘zaro integratsiyasi masalalari yoritiladi. Ustoz-shogird an’anasi milliy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va kasbiy mahoratni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bugungi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar va kompetensiyaviy yondashuvlarning kirib kelishi ushbu tizimni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ishda an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning uyg‘unlashuvi orqali ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur integratsiyaning amaliy ahamiyati va uni ta’lim muassasalarida qo‘llashning samarali yo‘llari asoslab beriladi.