ZAMONAVIY JAMIYATDA UYQUSIZLIK: SABABLARI, MEXANIZMLARI VA SOG’LIQQA TA’SIRI
Keywords:
uyqu, stress ,melatonin, kognitiv funksiya,xotira, kofein, Alsgeymer kasalligi,diabet ,semirish,immunitet, insult,uyqu sifati , kortizol, qarish, magniy , gadjetlarAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan uyqusizlik muammosi, uning sabablari va inson organizmiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirlari tahlil qilingan. Uyqusizlikning fiziologik, psixologik va xulq-atvor omillari asosida yuzaga kelishi, ayniqsa texnologiyalar, stress va noto’g’ri turmush tarzining roli yoritilgan. Maqolada uyqusizlikning markaziy asab tizimi, xotira, yurak-qon tomir tizimi, metabolizm va immun tizimiga ta’siri ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, uyqusizlikning uzoq muddatli oqibatlari, jumladan,yurak xuruji, Altsgeymer kasalligi va qandli diabet rivojlanishidagi o’rni ko’rsatib berilgan. Uyqu sifati tushunchasi keng yoritilib, uni yaxshilashga qaratilgan samarali tavsiyalar berilgan.
Downloads
Published
2026-04-11
Issue
Section
Articles