NERV TIZIMI BIOKIMYOSI: NEYROMEDIATORLAR ALMASHINUVI VA SINAPTIK UZATISHNING MOLEKULYAR ASOSLARI
Keywords:
neyron, sinaps, neyromediator, asetilxolin, dopamin, serotonin, GABA, glutamat, energiya almashinuvi, nerv tizimi, ion kanallari, receptorlar, mitoxondriya.Abstract
Ushbu maqolada nerv tizimining biokimyoviy asoslari, xususan markaziy nerv tizimi hujayralarining kimyoviy tarkibi, neyromediatorlarning sintezi, parchalanishi va qayta o‘zlashtirilishi, sinaptik uzatish mexanizmlari hamda miya to‘qimasida energiya almashinuvi jarayonlari keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu jarayonlarning buzilishi bilan bog‘liq klinik holatlar ham tahlil qilingan. Maqolada nerv hujayralarining o‘ziga xos metabolik xususiyatlari, ularning yuqori darajada ixtisoslashganligi va tashqi omillarga sezuvchanligi alohida ta’kidlanadi. Neyromediatorlar almashinuvi bosqichlari izchil ko‘rib chiqilib, ularning nerv impulslarini uzatishdagi hal qiluvchi roli asoslab berilgan. Sinaptik uzatish jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar, ion kanallari va retseptorlarning o‘zaro bog‘liqligi molekulyar darajada tahlil qilingan.