XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL FAOLIYATINING HOZRGI HOLATI VA TAHLILI

Authors

  • Soliyeva Umida Ibraximovna Author
  • Imomova Nilufar Zabixullayevna Author

Keywords:

Maktabgacha ta’lim, intellektual rivojlanish, xorijiy tajriba, STEAM yondashuvi, kognitiv faoliyat, ijodkorlik, mantiqiy tafakkur, interaktiv ta’lim, erta rivojlanish, pedagogik texnologiyalar

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlil qilinadi hamda ularning hozirgi holati yoritiladi. Tadqiqotda rivojlangan davlatlar — Finlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va AQSh maktabgacha ta’lim tizimlarida bolalarning aqliy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yondashuvlar o‘rganildi. Shuningdek, STEAM ta’limi, o‘yin texnologiyalari, muammoli o‘qitish va individual yondashuv kabi zamonaviy metodlarning samaradorligi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy tajribada intellektual faoliyatni rivojlantirish asosan bolaning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va mantiqiy tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish, interaktiv muhit yaratish va ota-ona ishtirokini kuchaytirish muhim omil sifatida qaraladi. Ushbu yondashuvlar asosida mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Author Biographies

  • Soliyeva Umida Ibraximovna

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.

    Maktabgacha ta’lim nazariyasi va uslublari fakulteti

    magistratura yo`nalishi 1 – bosqich talabasi

    tel: +998947075224

  • Imomova Nilufar Zabixullayevna

    Ilmiy rahbar

Published

2026-04-11