YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARIDA SKRINING TEKSHIRUVLARINING AHAMIYATI VA ENDOKRIN KASALLIKLAR BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Keywords:
yurak-qon tomir kasalliklari, skrining, endokrin kasalliklar.Abstract
Yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK) bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan, yuqori o‘lim va nogironlikka olib keluvchi kasalliklar qatoriga kiradi. Ushbu kasalliklarning rivojlanishida arterial gipertoniya, qandli diabet, semizlik, dislipidemiya, qalqonsimon bez kasalliklari va boshqa endokrin buzilishlar muhim patogenetik omil hisoblanadi. Ko‘plab yurak-qon tomir kasalliklari uzoq vaqt davomida klinik belgilarsiz kechib, kech tashxis qo‘yilishi og‘ir asoratlar va to‘satdan o‘lim xavfini oshiradi. Shu sababli skrining tekshiruvlari orqali yurak-qon tomir kasalliklari va ularning xavf omillarini erta aniqlash zamonaviy tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklarida skrining tekshiruvlarining ahamiyati, ularning endokrin kasalliklar bilan uzviy bog‘liqligi, zamonaviy skrining usullari va profilaktik yondashuvlar keng yoritilgan.