YOSHLAR VA IJTIMOIY MA’SULIYAT MADANIYATI
Keywords:
yoshlar, ijtimoiy mas’uliyat, fuqarolik madaniyati, ma’naviyat, ijtimoiy faollik, globallashuv, yoshlar siyosati, tarbiya, qadriyatlar, jamiyat taraqqiyoti, fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy ong, davlat siyosati, barkamol avlod.Abstract
Mazkur maqolada yoshlar ongida ijtimoiy mas’uliyat madaniyatini shakllantirish masalalari, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritiladi. Xususan, globallashuv sharoitida yoshlarning fuqarolik pozitsiyasi, ma’naviy qadriyatlarga sodiqligi hamda ijtimoiy faolligining ortib borishi muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda davlat siyosati, ta’lim tizimi va oila institutining roli alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada ijtimoiy mas’uliyat tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, uni yoshlar ongiga singdirishning samarali usullari yoritilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning yoshlar tarbiyasiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlar orasida ijtimoiy mas’uliyat madaniyatini rivojlantirish jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanligi xulosa qilinadi.