VOLEYBOL O‘YINI DAVOMIDA TO‘PNI TO‘G‘RI QABUL QILISH USULLARIDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS AHAMIYATI
Keywords:
voleybol vositalari, yosh sportchilar, mashg‘ulot jarayoni, mashqlar majmuasi, jismoniy sifatlar, tezkorlik, tezkor kuch, individual imkoniyatlar, shaxsiy sifatlar.Abstract
Mazkur maqolada, jamoaviy sport turlaridan hisoblangan voleybol sport turi bilan shug‘ullanuvchi yosh voleybolchilarning yuqori natijalarni qo‘lga kiritishida ularning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklari orqali harakat tezkorligini rivojlantirib borishga asosiy e’tiborni qaratish dolzarbligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Yosh voleybolchilarning harakat tezkorligini rivojlantirish usullari hamda vazifalarni hal etish yo‘llariga alohida e’tibor berilgan. Jumladan: bolalar-o‘smirlar sport maktablari boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanayotgan voleybolchilarida keskin harakatlarda muvozanatni, kutilmagan vaziyatlardagi murakkab reaksiyada harakat tezkorligini rivojlantiruvchi mashqlarni mashg‘ulotlaridan foydalanib harakat tezkorligini rivojlantirish muammolarni o‘rganish, harakat tezkorligini oshirishga qaratilgan mashqlar majmuasi ishlab chiqilgan.