O‘YIN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YETAKCHI FAOLIYATI SIFATIDA
Keywords:
o‘yin, maktabgacha yosh, yetakchi faoliyat, bola rivoji, muloqot, ijodkorlik, axloqiy sifatlar, mustaqil fikrlash, ijtimoiylashuv, maktabgacha ta’lim.Abstract
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o‘yinning o‘rni beqiyosdir. Psixologik va pedagogik tadqiqotlarda maktabgacha yosh davri insonning rivojlanishida eng muhim va poydevor bosqich hisoblanadi. Ana shu yoshda bolaning butun hayoti, voqelikni anglash, bilim olish va ijtimoiy tajriba orttirishda o‘yin yetakchi faoliyat turi sifatida maydonga chiqadi. O‘yin bola uchun shunchaki vaqt o‘tkazish yoki hordiq emas, balki uning ongini, irodasini, axloqiy fazilatlari va hamkorlikka oid ko‘nikmalarini shakllantiruvchi asosiy vositaga aylanadi. Maktabgacha yoshda bolaning asosiy faoliyati o‘yin bo‘lib, ana shu faoliyat orqali u atrof-muhit bilan bevosita tanishadi, uni o‘zicha qayta o‘zlashtiradi, bolalarcha talqin va ijodiy yondashuv bilan idrok qiladi. O‘yin orqali har bir bola o‘zini kattalar qatoriga qo‘yib ko‘radi, har xil ijtimoiy rollarni o‘zlashtiradi, muloqot qilishga, qaror qabul qilishga, o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishga harakat qiladi. Natijada hayotda o‘z o‘rnini topish, murakkab vaziyatlarni yecha olish, boshqalar bilan muloqotga kirishish, hamkorlik qilish, ijtimoiy me’yor va qoidalarni anglash kabi muhim hayotiy sifatlarning asosi qo‘yiladi.