PHONETIC EXPRESSIVE MEANS AND STYLISTIC DEVICES
Keywords:
fonetik ifoda vositalari, stilistik vositalar, metafora, ritm, alliteratsiya, til birligi.Abstract
Ushbu annotatsiya fonetik ifoda vositalari va stilistik uslublarning tilshunoslikdagi o‘rni, vazifasi hamda ularning badiiy nutqdagi ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Fonetik ifoda vositalari nutqda tovushlarning o‘ziga xos uyg‘unligi orqali tinglovchi yoki o‘quvchiga kuchli emotsional va estetik ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, alliteratsiya (bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi), assonans (unli tovushlarning takrorlanishi), onomatopeya (tabiat yoki predmet tovushlarini taqlid qilish) kabi vositalar matnga ohangdorlik, ritm va ifodalilik bag‘ishlaydi. Stilistik uslublar esa til birliklarining badiiy maqsadlarda qo‘llanilish usullarini o‘rganadi. Metafora, metonimiya, epitet, taqqoslash kabi stilistik vositalar matnning ma’nosini boyitadi va uni yanada ta’sirchan qiladi. Ushbu vositalar yordamida muallif o‘z fikrini yanada obrazli, jonli va esda qolarli tarzda ifodalaydi.