RAQAMLI MOLIYA VA IQTISODIY RESURSLAR TAQSIMOTI
Keywords:
raqamli moliya, iqtisodiy resurslar, taqsimot, fintech, moliyaviy inklyuziya, investitsiya, blokcheyn, kiberxavfsizlikAbstract
Ushbu ilmiy maqolada raqamli moliyaning iqtisodiy resurslar taqsimotiga ta’siri tizimli va qiyosiy tahlil asosida o‘rganildi. Tadqiqotda raqamli moliyaning asosiy elementlari, jumladan elektron to‘lov tizimlari, kraudfanding, P2P kreditlash va blokcheyn texnologiyalarining iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlashdagi roli chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli moliya tranzaksiya xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, moliyaviy inklyuziyani kengaytiradi va investitsiya resurslarining optimal yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik, raqamli tengsizlik va texnologik infratuzilma bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi. Mazkur maqola raqamli moliyaning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va istiqbollarini aniqlashga qaratilgan.