RESURSLAR CHEKLANGANLIGI VA TANLOV MUAMMOSI
Keywords:
resurslar cheklanganligi, tanlov muammosi, iqtisodiy qarorlar, alternativ xarajat (opportunity cost), ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i (PPC), ehtiyojlar cheksizligi, iqtisodiy samaradorlik, ratsional tanlov, resurslar taqsimoti, iqtisodiy subyektlar, bozor mexanizmi, narxlar tizimi, davlat aralashuvi, optimal tanlov, iqtisodiy muvozanatAbstract
Mazkur ilmiy maqolada “Resurslar cheklanganligi va tanlov muammosi” masalasi iqtisodiyot nazariyasining eng fundamental tushunchalaridan biri sifatida chuqur tahlil etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, zamonaviy iqtisodiy tizimlarda mavjud resurslarning cheklanganligi sharoitida jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi tobora kuchayib borayotgan bir paytda samarali tanlov qilish muammosi yanada keskinlashib bormoqda.
Ishda resurslar (tabiiy, mehnat, kapital va tadbirkorlik qobiliyati)ning chegaralanganligi iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Xususan, tanlov muammosining iqtisodiy mazmuni alternativ xarajatlar (opportunity cost), ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i (PPC) hamda ratsional qaror qabul qilish modellari orqali asoslab berilgan.
Tadqiqot davomida iqtisodiy subyektlar – individlar, firmalar va davlat – tomonidan resurslardan foydalanishda optimal variantni tanlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bozor mexanizmi, narxlar tizimi va davlat aralashuvining resurslar taqsimotidagi o‘rni alohida e’tibor markazida bo‘lgan. Maqolada tanlov muammosining mikro va makro darajadagi ko‘rinishlari o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganilib, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ochib berilgan.
Ilmiy ishning natijalari shuni ko‘rsatadiki, resurslar cheklanganligi sharoitida samarali iqtisodiy siyosat yuritish, ustuvor yo‘nalishlarni to‘g‘ri belgilash hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali tanlov muammosini nisbatan optimallashtirish mumkin. Tadqiqot natijalari iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, ta’lim jarayonida hamda amaliy boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim nazariy va metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.