METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHNING INSON, HAYVONLAR UMRI VA EKOLOGIYAGA TA’SIRI: GLOBAL TAHLIL VA AMALIY YECHIMLAR
Keywords:
metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlash, umr davomiyligi, DALY, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologiya, ISO standartlari, WHO, FAOAbstract
Ushbu maqola metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash (MSS) tizimlari zamonaviy jamiyatda inson salomatligi, hayvonot dunyosi barqarorligi va ekologik muvozanatni ta'minlashning asosiy instituttsional mexanizmlari sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tadqiqot MSS tizimlarining inson va hayvonlar umri davomiyligiga hamda ekologik muhitga ko'p qirrali ta'sirini Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalari negizida PRISMA 2020 qo‘llanmasi asosida tizimli tahlil qilish orqali empirik jihatdan asoslashga qaratilgan. Dastlab aniqlangan 1 240 ta manbadan sifat mezonlariga javob bergan 20 ta maqola yakuniy tahlilga kiritildi; WHO, FAO, ISO va Jahon banki rasmiy statistik ma'lumotlari qo‘shimcha manba sifatida qo'llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari yiliga 600 million kasallanish holati, 420 000 o'lim va 33 million DALY yo'qolishiga sabab bo'lmoqda. Shifoxonalardagi tibbiy asbob-uskunalarning atigi 34 foizi muntazam kalibrlanishi klinik qarorlar ishonchliligini sezilarli darajada pasaytiradi. ISO 14001 standartini joriy etgan korxonalarda SO₂ chiqindisi 18 foizga, suv sarfi 22 foizga va umumiy chiqindi hajmi 31 foizga kamayganligi qayd etildi. Bundan tashqari, standartlashtirish rivojlanish indeksi (SRI) bilan o'rtacha umr ko'rish davomiyligi o'rtasida statistik jihatdan ishonchli kuchli musbat korrelyatsiya (r = 0.893; p < 0.001) aniqlandi. Olingan natijalar MSS infratuzilmasini mustahkamlashga yo'naltirilgan investitsiyalar sog'liqni saqlash, ekologiya va milliy iqtisodiyot uchun bir vaqtning o'zida ko'p qirrali ijobiy samara berishini tasdiqlamoqda. O'zbekiston sharoitida xalqaro standartlarni keng va izchil joriy etish umr ko'rish davomiyligini oshirishning eng tejamkor hamda institutsional jihatdan barqaror yo'nalishlaridan biri ekanligi ilmiy asoslandi.