MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA DUDUQLANISHNI BARTARAF ETISHDA NAFAS VA OVOZ USTIDA ISHLASH
Keywords:
maktabgacha ta’lim, duduqlanish, logopediya, nafas olish mashqlari, ovoz ustida ishlash, nutq rivojlanishi, nutq korreksiyasi, artikulyatsiya, fonatsiya, nutq ravonligi.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda duduqlanishni bartaraf etishda nafas va ovoz ustida ishlashning pedagogik va logopedik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda nutq buzilishlarining asosiy sabablari, ularni erta aniqlash va korreksion ishlar jarayonida nafas olish mashqlari hamda ovoz apparatini rivojlantirish usullarining samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalarning to‘g‘ri nafas olish ritmini shakllantirish, nutqning ravonligi va ovozning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy mashqlar tizimi yoritiladi. Ilmiy va amaliy yondashuvlar asosida duduqlanishni kamaytirishda kompleks logopedik metodlarning roli asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.