TARMOQLARARO MUVOZANAT MODELIDA DETERMINANTNING MATEMATIK VA IQTISODIY AHAMIYATI

Authors

  • O‘razaliyev Shirinboy Bo‘ron o‘g‘li Author
  • Quvondiqov Nurlan Vaxob o‘g‘li Author

Keywords:

Determinant, matritsa, Leontyev modeli, tarmoqlararo muvozanat, Kramer qoidasi, teskari matritsa, yagona yechim, Xokins-Simon sharti, iqtisodiy barqarorlik.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada chiziqli algebraning asosiy tushunchalaridan biri – determinantning tarmoqlararo muvozanat modelidagi (Leontyev modeli) matematik va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida determinantning matematik mohiyati, uning Leontyev modelida yagona yechim mavjudligini aniqlashdagi roli, teskari matritsani hisoblashdagi o‘rni va iqtisodiy tizimlarning barqarorligini baholashdagi ahamiyati o‘rganildi. Shuningdek, Kramer qoidasi, Xokins-Simon sharti va texnologik koeffitsiyentlar matritsasining determinant orqali tahlil qilinishi yoritildi. Natijalarga ko‘ra, determinant tarmoqlararo muvozanat modelining yechimga ega bo‘lishi, uning o‘ziga xosligi va iqtisodiy barqarorligini aniqlashda muhim matematik vosita ekanligi aniqlandi.

Author Biographies

  • O‘razaliyev Shirinboy Bo‘ron o‘g‘li

    SamISI asissenti

  • Quvondiqov Nurlan Vaxob o‘g‘li

    SamISI  talabasi

Published

2026-04-19