TESKARI MATRITSANING IQTISODIY TAHLILDAGI AHAMIYATI

Authors

  • O‘razaliyev Shirinboy Bo‘ron o'g'li Author
  • Zubaydullayev Jaxongir Djamshed o‘g‘li Author

Keywords:

teskari matritsa, Leontyev modeli, tarmoqlararo muvozanat, multiplikator effekti, yakuniy talab, yalpi mahsulot, iqtisodiy tahlil.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada chiziqli algebraning muhim tushunchalaridan biri – teskari matritsaning iqtisodiy tahlildagi o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Tadqiqot davomida teskari matritsaning matematik mohiyati, uni hisoblash usullari, tarmoqlararo muvozanat modelidagi (Leontyev modeli) roli va iqtisodiy tahlildagi amaliy ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, multiplikator effekti va teskari matritsa elementlarining iqtisodiy ma’nosi yoritildi. Natijalarga ko‘ra, teskari matritsa iqtisodiy tizimlarda yakuniy talab o‘zgarishining ishlab chiqarishga ta’sirini aniqlash, iqtisodiy siyosat samaradorligini baholash va tarmoqlararo bog‘liqliklarni tahlil qilishda muhim vosita ekanligi aniqlandi.

Author Biographies

  • O‘razaliyev Shirinboy Bo‘ron o'g'li

    SamISI asissenti

  • Zubaydullayev Jaxongir Djamshed o‘g‘li

    SamISI talabasi

Published

2026-04-19