PROFESSIONAL TA’LIMDA TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
Professional ta’lim, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, dual ta’lim tizimi, kasbiy kompetensiyalar, amaliy ko‘nikmalar, mehnat bozori, kadrlar tayyorlash tizimi, ishlab chiqarish amaliyoti, ta’lim sifati, o‘quv jarayoni.Abstract
Mazkur maqolada professional ta’limda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Bugungi kunda mehnat bozori talablarining o‘zgaruvchanligi va ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik jihatdan yangilanib borishi professional ta’lim tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda, ya’ni tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalari real ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos bo‘lishi zarur. Shu nuqtai nazardan, maqolada professional ta’lim muassasalari faoliyatini sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari dolzarb muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonini tashkil etishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ishlab chiqarish subyektlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv dasturlarini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish zarurligi asoslab beriladi. Xususan, dual ta’lim tizimini joriy etish, ishlab chiqarish amaliyotlarini kengaytirish, o‘quv jarayonini real ish muhitiga yaqinlashtirish hamda korxonalar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish muhim omillar sifatida tahlil etilgan. Shuningdek, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali talabalar amaliy tajriba orttirishi, ularning kasbiy kompetensiyalari shakllanishi va mehnat bozoriga tez moslashuvi ta’minlanishi yoritilgan.