O‘PKA SARATONIDA JARROHLIK VA KONSERVATIV DAVOLASH USULLARINING SAMARADORLIGI

Authors

  • Abduraxmonova Gulsanam Dilkash qizi Author
  • Shakirova Lobar Mavlon qizi Author

Keywords:

O’pka saratoni, kichik hujayrali saraton, kichik hujayrali bo‘lmagan saraton, jarrohlik, davolash, kimyoterapiya, radioterapiya, immunoterapiya, maqsadli terapiya, pembrolizumab, metastaz, onkologiya.

Abstract

Ushbu maqolada o‘pka saratonining zamonaviy tasnifi, rivojlanish xususiyatlari hamda davolash usullarining klinik samaradorligi kompleks tarzda tahlil qilindi. Tadqiqot davomida kasallikning kichik hujayrali va kichik hujayrali bo‘lmagan shakllari, ularning biologik xususiyatlari hamda bosqichlarga bog‘liq davolash yondashuvlari o‘rganildi. Jarrohlik, kimyoterapiya, radioterapiya, immunoterapiya va maqsadli terapiyaning samaradorligi solishtirildi.(6)

Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, kasallikning erta bosqichlarida jarrohlik davolash ustunlikka ega bo‘lib, rivojlangan bosqichlarda kombinatsiyalangan va tizimli davolash usullari samaraliroq hisoblanadi. Zamonaviy immunoterapiya, xususan PD-1 ingibitorlari asosidagi davolash usullari bemorlar omon qolish darajasini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Kuzatishlar o‘pka saratonini davolashda individual va kompleks yondashuvning muhimligini asoslab beradi.(8)

Author Biographies

  • Abduraxmonova Gulsanam Dilkash qizi

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

    2-son davolash ishi fakulteti 2-kurs talabasi

  • Shakirova Lobar Mavlon qizi

    Ilmiy rahbar:

    Toshkent davlat tibbiyot universituti

    1-son Tibbiy radiologiya kafedrasi assistenti

Published

2026-04-20