ICHIMLIK SUV TIZIMI NASOS STANSIYALARINING OPTIMAL ISH GRAFIGINI SHAKLLANTIRISH (PARKENT TUMANI MISOLIDA)
Keywords:
Ichimlik suvi, nasos stansiyasi, MFY, yuklama grafigi, suv taqsimoti, optimallashtirish, energiya samaradorligi, Parkent tumani.Abstract
Ushbu maqolada Toshkent viloyati Parkent tumanidagi ichimlik suv ta’minoti tizimlarida nasos stansiyalarining yuklama va grafik asosidagi ishlash holati tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — mavjud nasos inshootlari va ularning MFYlar bo‘yicha taqsimotini baholash, real suv berish vaqtlarini texnik ko‘rsatkichlar bilan solishtirish, tizimdagi nomutanosibliklarni aniqlash va optimallashtirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy ma’lumotlar asosida tuzilgan uchta jadval orqali nasos quvvatlari, elektr sarfi, suv taqsimoti va iste’mol yuklamasi o‘rtasidagi bog‘liqliklar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari suv ta’minoti tizimida energiya samaradorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ijtimoiy tenglikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-amaliy tavsiyalarni ilgari suradi.