1980–2000-YILLARDA YAPONIYADA MAXSUS TA’LIMDAN INKLYUZIV TA’LIMGA O‘TISH: EKSPERIMENTAL DASTURLAR VA TEXNOLOGIK YANGILANISHLAR
Keywords:
Yaponiya, maxsus ta’lim, inklyuziv ta’lim, resurs xonalari, maxsus ehtiyojlar ta’limi, assistiv texnologiyalar, pedagogik islohotlar, bag‘rikenglik.Abstract
Mazkur maqolada 1980–2000-yillarda Yaponiyada maxsus ta’limdan inklyuziv ta’limga o‘tish jarayoni tarixiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda inklyuziv ta’lim g‘oyasining shakllanishiga ta’sir qilgan xalqaro omillar, Yaponiyadagi normativ-huquqiy islohotlar, eksperimental ta’lim dasturlari, maxsus ehtiyojlar maktablarining transformatsiyasi, resurs xonalari tizimi hamda assistiv texnologiyalar va pedagogik kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Muallif Yaponiyada inklyuziv ta’limning shakllanishi birdaniga emas, balki maxsus ta’lim institutlarini qayta funksionallashtirish, umumiy ta’lim tizimini moslashtirish va texnologik yangilanishlarni ta’lim amaliyotiga joriy etish orqali bosqichma-bosqich kechganini asoslaydi. Tadqiqot natijasida Yaponiyaning bu boradagi tajribasi inklyuziv ta’limni rivojlantirayotgan davlatlar uchun muhim tarixiy-amaliy model ekanligi ko‘rsatiladi.