BADIIY ASARLARNI TANLASH MEZONLARI VA TAMOYILLARI BOLALAR ADABIYOTI VOSITASIDA IJTIMOIY HAMJIHATLIK VA HURMAT TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI

Authors

  • Hasanova Dildoraxon Yunusjon qizi Author

Keywords:

bolalar adabiyoti, ijtimoiy hamjihatlik, hurmat, tolerantlik, badiiy asar, mezonlar, tamoyillar, axloqiy tarbiya, pedagogik yondashuv

Abstract

Mazkur maqolada bolalar adabiyoti vositasida ijtimoiy hamjihatlik va hurmat tuyg‘ularini shakllantirish yo‘llari hamda badiiy asarlarni tanlash mezonlari va tamoyillari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda bolalar shaxsining axloqiy va ijtimoiy rivojlanishida badiiy adabiyotning o‘rni, adabiy qahramonlarning tarbiyaviy ahamiyati hamda ularning empatiya, bag‘rikenglik va ijtimoiy moslashuvni shakllantirishdagi roli yoritilgan.Shuningdek, ishda badiiy asarlarni tanlash jarayonida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan asosiy mezonlar — yosh va psixologik moslik, g‘oyaviy-mazmuniy yo‘nalish, badiiy saviya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi hamda tarbiyaviy yo‘naltirilganlik tamoyillari ilmiy asosda tahlil qilingan[1]. Bolalar adabiyotini to‘g‘ri tanlash va undan maqsadli foydalanish ijtimoiy hamjihatlik, o‘zaro hurmat va tolerantlikni shakllantirishda muhim pedagogik omil ekanligi asoslab berilgan[2].Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, badiiy adabiyot va to‘g‘ri tanlangan asarlar bolalarda nafaqat estetik didni rivojlantiradi, balki ularning axloqiy qarashlarini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

 

[1] O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir). – Toshkent, 2020.

[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va yangi tizim yaratish to‘g‘risida”gi farmoni. – Toshkent, 2021.

 

Author Biography

  • Hasanova Dildoraxon Yunusjon qizi

    Qo’qon Davlat Universiteti

    70110201-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

    (maktabgacha taʼlim)  mutaxassisligi

    II bosqich magistranti

Published

2026-04-20