JAHON OTIN — UVAYSIYNING XVIII ASR OXIRI XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA ERISHGAN YUTUQLARI

Authors

  • Ruziyeva Dilnoza Muxtorovna Author

Keywords:

Jahon otin — Uvaysiy, oʻzbek shoirasi, Qoʻqon adabiy muhiti, lirik devon, doston, maʼrifatparvar, ayol ijodkor, chigʻatoy tili, Nodira.

Abstract

Ushbu maqola oʻzbek adabiyoti klassigi, buyuk shoira va maʼrifatparvar Jahon otin — Uvaysiy (1779–1845) ning ijodiy va ijtimoiy yutuqlarini yoritishga bagʻishlangan. Uning lirik devoni va dostonlari Turkiston ayol sheʼriyati tarixida yangi sahifa ochdi. Shoira oʻzbek tilini adabiy til sifatida rivojlantirishga, shuningdek, Qoʻqon adabiy muhitida ayol ijodkorlar murabbiysi sifatida beqiyos hissa qoʻshgan. Uning gʻazal va muxammaslari hozirgi kungacha maqom va xalq qoʻshiqlari sifatida ijro etilishi uning sanʼatining yuksakligidan dalolat beradi.

Author Biography

  • Ruziyeva Dilnoza Muxtorovna

    Samarqand  viloyati PMM “Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi, o‘qituvchisi

Published

2025-10-15