YUMALOQ CHUVALCHANGLAR (NEMATODA) SINFI: MORFOLOGIYASI, TIBBIY AHAMIYATI VA BOLALARDA KELTIRIB CHIQARADIGAN KASALLIKLARI
Keywords:
Nematoda, yumaloq chuvalchanglar, gelmintoz, askarida, ostritsa, egri boshli gijja, qilbosh gijja, tuproq orqali yuqadigan gelminttozlar, bolalar, parazitoz, profilaktika.Abstract
Ushbu maqolada yumaloq chuvalchanglar — Nematoda sinfi vakillarining morfologik tuzilishi, biologik xususiyatlari, turlarga tasnifi va insonlar, xususan bolalar salomatligiga ta'siri ko'rib chiqilgan. Nematoda sinfi hayvonot dunyosidagi eng ko'p turli guruhlardan biri bo'lib, ularning bir qismi tibbiy ahamiyatga ega parazit turlarni o'z ichiga oladi. Odamda kasallik qo'zg'atuvchi asosiy nematodalar: Ascaris lumbricoides (askarida), Enterobius vermicularis (ostritsa), Ancylostoma duodenale (egri boshli gijja), Trichuris trichiura (qilbosh gijja) va Strongyloides stercoralis. Maqolada ushbu parazitlarning umumiy morfologiyasi, hayot sikllarining o'xshash va farqli jihatlari, tuproq orqali yuqadigan gelminttozlar sifatida birlashtiruvchi epidemiologik xususiyatlari, diagnostika yondashuvlari va profilaktika asoslari tahlil qilingan. Bolalar organizmiga nematodalar keltirib chiqaradigan zararning kompleks ta'sirini tushunish erta diagnostika va profilaktikani takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.