PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIPS AND ECONOMIC EFFICIENCY
Keywords:
Davlat-xususiy sheriklik, iqtisodiy samaradorlik, qiymat va xarajat, infratuzilma, risk transferi, shartnoma boshqaruvi, davlat sektori, xususiy sektor.Abstract
Davlat-xususiy sheriklik (DХSh) bugungi kunda jahon miqyosida infratuzilma va davlat xizmatlarini taqdim etishda keng qo‘llanilmoqda, biroq ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hanuzgacha ilmiy munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqola DХShning samaradorlikni oshirishdagi rolini nazariy va empirik jihatdan tahlil qiladi. Xususan, “value for money” (pulga nisbatan qiymat), riskni taqsimlash va innovatsion rag‘batlar kabi omillar o‘rganiladi. Shuningdek, tranzaksiya xarajatlari, axborot assimetriyasi va uzoq muddatli shartnomalarda samaradorlikni o‘lchash murakkabliklari muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tuzilgan DХSh loyihalari iqtisodiy samaradorlikni oshirishi mumkin, biroq bu jarayon samarali tartibga solish, shaffof tender tizimi va kuchli shartnoma boshqaruviga bog‘liq.