INGLIZ TILIDA KINEMATOGRAFIK TARJIMANING LINGVISTIK JIHATLARI

Authors

  • Qodirov Ziyodsher Eminjon o‘g‘li Author

Keywords:

audiovizual tarjima, kinematografiya, subtitr, dublyaj, multimodal transfer, lingvistik aspekt, texnik cheklovlar, nutqiy tejamkorlik

Abstract

Ushbu maqolada kinematografik tarjimaning, xususan, subtitrlashtirish va dublyaj jarayonlarining o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida audiovizual matnlarni o‘girishda yuzaga keladigan leksik-semantik muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Kinematografik tarjima nafaqat tillararo transfer, balki multimodal tizimlar o‘rtasidagi murakkab aloqa ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada Jan Ivarsson va Henrik Gottlieb kabi olimlarning nazariy qarashlariga tayanilgan holda, subtitrlashdagi texnik cheklovlar va ularning nutqiy tejamkorlik tamoyili bilan bog‘liqligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari audiovizual tarjima sifatini oshirish va filmlarning lingvistik qiyofasini saqlab qolish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Author Biography

Published

2026-04-23